Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yuqori qavatdan tushib ketgan bola avtoturargohdagi Captiva ustiga tushganini ko‘rish mumkin.

Aniqlanishicha, Urganch shahrida 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan avtomashina ustiga tushgan holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, — deb yozadi Hayot Shamsutdinov.