Loyihada jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning saylov jarayonida ishtirok etishga bo‘lgan huquqi yoritilib, nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish jarayonlari takomillashtirilmoqda.
Shuningdek, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlash yuzasidan Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etish huquqi kiritilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik deputatlar jinoyatlar soni ortgani sabab shartli ozod qilish tizimini qayta ko‘rib chiqishni taklif etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Senat esa mart boshlarida bu boradagi tegishli qonunni ma’qullagandi.
Aprel oxirlarida Ichki ishlar vazirligi “Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning videouchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatlari takomillashtirilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi.