Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio UNICEF’ning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan.

2016-yilda UNICEF’da mehnat faoliyationi boshlashdan oldin Kastijio Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveysariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha masʼul xodimi bo‘lgan.

U AQSHning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQSHning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.

Rehina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.