Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
«Qisqa suhbatdan so’ng, Malayziya Bosh vaziri O’zbekiston Bosh vaziri hamrohligida tashrif dasturi bo’yicha navbatdagi manzilga jo’nab ketdi», – deb yozdi Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o’zining telegram kanalida.
Eslatib o’tamiz, tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o’rin olgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!