40 kun davom etishi belgilangan ushbu festivalda ishtirokchilar turli tuman tabiiy gul kompozitsiyalaridan bahramand bo‘lishadi. Shuningdek, turli ko‘ngilochar tadbir va musobaqalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
Festivalga namanganliklar, mamlakatimizning turli hududlari va xorijdan kelgan mehmonlar 63 bora gullar bayramiga guvoh bo‘lishmoqda.
Festival soat 10:00 da Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘i yonida rasmiy ochildi.
Festivalning tantanali ochilishi bilan bir vaqtda Namangan xalqaro aeroportidan an’anaviy gullar avtoparadi ham Bobur nomli bog‘ tomon yo‘lga chiqdi.
Rango rang tabiiy gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq turli rusumdagi avtomashinalar viloyat markazining asosiy ko‘chalari bo‘ylab Namangan xalqaro aeroporti oldidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldigacha bo‘lgan 10 kilometrdan ziyodroq yo‘lni bosib o‘tadi.
Voqea joyidan muxbirimiz xabar bermoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!