Jahon

AQSh G’azoga gumanitar yordam jo’natish boshlanganini e’lon qildi

AQSh G’azoga gumanitar yordam jo’natish boshlanganini e’lon qildi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi yuk mashinalari AQSh tomonidan G‘azo sektorida o‘rnatgan vaqtinchalik portdan gumanitar yordam yetkazib berishni boshladi.

Markaziy qo’mondonligining ijtimoiy tarmoqdagi postida qayd etilishicha, gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinalari mahalliy vaqt bilan soat 09:00da vaqtinchalik portdan chiqib ketgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, port orqali birorta ham amerikalik harbiy xizmatchi quruqlikka tushmagan. Bu «G’azodagi falastinlik tinch aholiga qo’shimcha yordam ko’rsatish bo’yicha davom etayotgan ko’p millatli sa’y-harakatlar» bo’lib, bir qancha davlatlar va gumanitar tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan yordamni o’z ichiga oladi.

Avvalroq, 8-may kuni AQSh Mudofaa vazirligi dengiz orqali insonparvarlik yordamini yetkazish uchun G‘azo qirg‘oqlari yaqinida vaqtinchalik port qurilishi yakunlanganini ma’lum qilgandi.

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida o‘tgan yilning 7-oktabridan buyon 35272 falastinlik, jumladan, kamida 15103 bola va 9849 ayol halok bo‘lgan, 79205 kishi yaralangan.