Jahon

Rossiya qirg‘izistonliklarni yo‘qotmoqda

Rossiya qirg‘izistonliklarni yo‘qotmoqda

Rublning qadrsizlanishi, siyosiy voqealar va yaqinda «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli Rossiyada ishlayotgan qirg‘izistonliklar soni deyarli ikki baravar kamaydi. Bu haqda Qirg‘iziston Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi huzuridagi Fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish markazi bosh mutaxassisi Esenbek Ergeshov ma’lum qildi.

Shuningdek, u ayni paytda rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozorini diversifikatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Hozirgi manzil – Buyuk Britaniya.

2024-yil fevral oyida Mehnat vazirligi Rossiya Federatsiyasida Qirg‘izistondan 408 ming mehnat muhojiri borligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, 2022-yil oxirida Qirg‘izistonning 1 million 200 ming 691 fuqarosi Rossiyada mehnat migratsiyasi maqomida bo‘lgan.