Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita maʼlum qildi. Bu yilgi Haj mavsumi 23-maydan – 12-iyulga qadar davom etadi.
Parvozlar 10ta shahar aeroportlardan amalga oshiriladi: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus.
Madina shahrida ziyoratchilar “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasida, Makka shahrida esa “Abraj al-Dana”, “Al-Ayam Elite”, “Dali Hotel”, “Najma Al-Saad”, “Open Hotel”, “Shueae Nozha Hotel”, “Ayed Al-Saha” mehmonxonalarida joylashtiriladi.
Haj amallarini bajarish uchun ziyoratchida “Haj-2024” vizasi bo‘lishi shart. Boshqa turdagi vizalar bilan haj tadbiri amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun, odatdagidek, yuqori malakali ishchi guruhi, shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari jalb etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!