Jahon

Koronovirus qaytmoqdami?

Koronovirus qaytmoqdami?

Rossiyada koronavirusning yangi shtampi aniqlandi. Bu haqda «Vedomosti» nashri xabar berdi.

Koronavirusning yangi turiga FLiRT nomi berilgan va mazkur virus Omicron oilasiga tegishli bo’lib, u tushgan organizmda bosh, tomoq va mushak og’rig’i, isitma, yo’tal, zaiflik hamda Covid – 19 dagi kabi ta’m yoki hid sezishning yo’qolishi simptomlari kuzatilmoqda.

Hozirda Rossiyada FLiRT bilan kasallangan 178 ta bemor aniqlangan. Virusning tarqalishi o’tgan haftaga nisbatan 14,7% ga oshgan va 47 nafar bemor vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, Yevropa aholisining har 100 000 tadan 8 000 nafarida mazkur virus aniqlangan. Birgina may oyining 13-19 kunlari oralig’ida FLiRT bilan kasallangan bemorlarning 54 nafari vafot etgan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumot berishicha, yangi virus Yevropa davlatlarining 14 tasida jumladan, Isroilda ham aniqlangan.