Ma’lum bo‘lishicha, HAMAS 6-may kuni e’lon qilgan kelishuv yakuniy ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan kelishuvdan farq qiladi. O‘zgarishlar Misr razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan va bu AQSH, Qatar, Isroil rasmiylari orasida g‘azabga sabab bo‘lgani aytilgan. Amerika delegatsiyasiga boshchilik qilgan Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns juda g‘azablangan va xijolat tortgan.
Telekanal suhbatdoshlariga ko‘ra, Misr razvedkasi rahbarining katta o‘rinbosari Ahmad Abdel Xalek o‘zgartirishlar kiritish uchun mas’ul bo‘lgan.
18-may kuni Isroilning Kan teleradiokompaniyasi Isroil hukumati va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilgani haqida xabar bergan.