2024-yil 1-iyundan oliy ma’lumotli bog’cha tarbiyachilarining maoshi maktab o’qituvchilariniki bilan tenglashadi. Bu haqda 22-may kuni bo’lib o’tgan maktabgacha ta’lim va maktab ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha taqdimotda ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, 2023/2024 o’quv yilidan boshlab, 1-4-sinflar uchun boshlang’ich, 5-9-sinflar uchun tayanch, 10-11-sinflarga esa qiziqish va qobiliayatidan kelib chiqib darsturlar joriy etiladi va endilikda yuqori sinf o’quvchilari uchun fanlar majmui 16 tadan 11 taga qisqartiriladi. Bunda o’quvchilar 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fanini o’zlashtirishi kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, 1-yanvardan boshlab o’qituvchi pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo’lga qoyiladi, ya’ni ishga kirayotgan pedagoglar 1 yil davomida o’qituvchi-stajyor lavozimida ishlagan holda, sertifikat olishi kerak bo’ladi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab, bog’cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi pedagoglarga malaka toifasi berishning yangi tizimi amalga oshiriladi. Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 2 bosqichda bo’lib o’tadi. Birinchi bosqichda – talabgorning mutaxasislik fani va kasb standarti tekshirilsa, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorat tekshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!