Jahon, Siyosat

Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirdi

Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini shay holatga keltirdi

Shimoliy Koreya o‘z qurolli kuchlarini “yadroviy to‘xtatib turish uchun shay holatga keltirdi”. Pxenyanning daʼvo qilishicha, bu AQSH yadroviy kuchlarining tayyorligini sinovdan o‘tkazgan harakatlariga javoban qilingan.

«AQSHning bir tomonlama harakatlari tufayli mintaqada va global miqyosda yuzaga kelgan strategik beqarorlikka tayyorgarlik ko‘rish uchun biz suveren huquqimiz doirasida yadroviy to‘xtatib turishga umumiy tayyorgarlik choralarni ko‘rishga majburmiz» deyiladi KXDR TIV bayonotida.

Shimoliy Koreya Koreya yarim orolidagi strategik kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligidan ogohlantirmoqda.

Xabar berganimizdek, AQSH “portlovchi moddalarni sinovdan o‘tkazmagan holda AQSH yadro kallaklarining xavfsizligi, ishonchliligi va samaradorligini tasdiqlovchi” maʼlumotlarni to‘plash bo‘yicha subkritik tajriba o‘tkazdi. Taʼkidlanishicha, tajriba Yadro sinovlarini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshirilgan.