Davlat bojxona qo’mitasining xabar berishicha, Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biridan 12 tup kannabis hamda 317 tup ko’knori giyohvandlik o’simliklari topildi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqarolardan birining xonadoni ko’zdan kechirilganda xonadon tomarqasida giyohvandlik o’simliklariga o’xshash o’simliklar ekib parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Ekspert – kriminalistika markazi ekspertlarining xulosasaiga ko’ra, aniqlangan o’simliklar giyohvandlik o’simliklari ekani tasdiqlandi va ashyoviy dalil sifatida tegishli qonunchilik asosida saqlovga olindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!