Jahon, O‘zbekiston

Yangilangan O’zbekiston Konstitutsiyasi Saudiya matbuotida

Yangilangan O’zbekiston Konstitutsiyasi Saudiya matbuotida

Saudiya Arabistonining «Swift News» elektron nashrida O’zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag’ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Nashrda qayd etilishicha, bir yil muqaddam umumxalq referendumi orqali O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilindi.

Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi Konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasini qo’llab-quvvatladi. Bu esa o’zbek xalqining Yangi O’zbekistonni barpo etish, Uchinchi Uyg’onish davri asoslarini shakllantirish yo’lidagi orzu-umidlari va intilishlaridan dalolat beradi.

Muallif ta’kidlaganidek, O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahririda asosiy g’oya shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, sha’ni va qadr-qimmatiga qaratilgan.

«Yangilangan O’zbekiston Konstitutsiyasi moddalari soni 128 tadan 155 taga, normalari soni esa 275 tadan 434 taga oshdi. Asosiy qonun matni 65 foizga o’zgargani mutlaqo yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan darakdir», – deyiladi maqolada.

Maqola so’nggida, «O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish tajribasini qiyosiy o’rganish orqali mamlakatda inson qadrini ulug’lash birinchi darajali vazifa ekanligini tushunish mumkin», – deya ta’kidlangan.