Qayd etilishicha, Isroil kuchlari Rafah markazida faol hujumlar tashkil etgan. Shabura aholi punktiga tanklar kiritilgan.
Rasmiylarga ko’ra, so‘nggi hujumlar oqibatida 62 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vayronalar ostida qolib ketgan fuqarolarni qidirish davom etayotgan.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri G‘azoda Isroil harbiy amaliyotlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 709 nafarga yetgan. 79 990 nafar fuqaro jarohatlangani xabar qilingan.
BMT harbiy harakatlar sharoitida G‘azo aholisining 75 foizidan ortig‘i majburiy ko‘chirilganini bildirgan. Ko‘chirilganlarning 60 foizidan ortig‘i yig‘ilgan Rafah hududi gumanitar halokat arafasida ekani maʼlum qilingan.