O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiyaning «Bonifiche Ferraresi Group» kompaniyasi moliya va investitsiyalar rahbari Stefaniya Kvintavalle bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Suhbat davomida O’zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash, Italiya bozoriga eksport qilish va to’g’ridan to’g’ri sarmoya kiritish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.
Italiya investori O’zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi foydalanuvchisi bo’lganligi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportida bojxona imtiyoziga ega ekanligi e’tiborga molikdir. O’zbekiston yosh fermerlari Italiyada malaka oshirishga tayyorligi haqida aytib o’tildi.
Yig’ilish yakunida, «Bonifiche Ferraresi Group» vakillaridan iborat texnik guruh O’zbekistonga yordamchilarni safarbar qilishi va yurtimizda o’z kompaniyasining faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!