Qozog‘istonda Ozarbayjon tashabbusi bilan turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan Made in Turan brendi yaratildi.
Bu haqda Ozarbayjon franchayzing uyushmasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Made in Turan brendining yaratilishi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga o’tishni nazarda tutadi.
«Made in Turan brendi uchun olinadigan maxsus imtiyozlar tufayli mamlakatlar o’rtasidagi savdo aylanmasi oshadi va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. Made in Turan brendining joriy etilishi turkiy dunyo brendlari uchun yangi davrni anglatadi. Ushbu brendlash siyosati natijasida turkiy davlatlar brendlari rivojlanadi. Maxsus imtiyozlar tufayli global brend bo’lish yo’lida Turkiy davlatlar o’rtasidagi savdo aylanmasi o’sib boradi, Made in Turan brendining tan olinishiga hissa qo’shadi. Turk dunyosi butun dunyoda muhim iqtisodiy kuch sifatida Made in Turon savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Movsumov.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!