Avvalroq 24-may kuni Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari (SORB) rahbarlari kengashining yig‘ilishi o’tkazilishi haqida Rossiya FSB Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bergan.
Bugun Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 54-yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda mahalliy OAV lar xabar bemoqda.
Yig‘ilishda maxsus xizmatlar “MDHga a’zo davlatlarda vaziyatni beqarorlashtirish va konstitutsiyaviy tuzumni majburan o‘zgartirish maqsadida xorijda jangovar tayyorgarlik va tajriba olgan shaxslar faoliyatini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha” qo‘shma chora-tadbirlarni belgilash kutilmoqda.
Hamdo‘stlik aksilterror markazi (MDH ATM) Kengash a’zolari ko‘rib chiqishi uchun MDHga a’zo davlatlarning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravon ko‘rinishlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturlarini 2023-yilda amalga oshirish yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!