Iqtisod, Jahon, O‘zbekiston

Italiyadan investitsiyalar: O‘zbekistonda Yevropa biologik faol qo‘shimchalari ko‘payadi

Italiyadan investitsiyalar: O‘zbekistonda Yevropa biologik faol qo‘shimchalari ko‘payadi

Yevropa biologik faol qo’shimchalari bozorining yetakchilaridan biri bo‘lgan Grikar zavodi (Italiya) vakillari o‘zbekistonlik hamkori “Synergy PharmCo” kompaniyasi taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.

Qayd etilishicha, Grikar innovatsion, yuqori sifatli va ekologik toza dorivor qo‘shimchalar yaratishda yarim asrdan ortiq tajribaga ega zavod hisoblanadi.

Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari, ikki davlat o‘rtasida tibbiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqamiz uchun yanada dolzarb va zarur dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha strategik rejalarni muhokama qildi.

Muzokaralar natijasida yaqin kelajakda O‘zbekistonda yuqori sifatli tabiiy biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshlash va uning mahsulotlarini 2026-yil oxirigacha bosqichma-bosqich MDH mamlakatlari bozoriga chiqarishga qaror qilindi. Bundan tashqari, zavod qurish uchun har ikki tomondan 6 million yevrolik investitsiyalar jalb qilingan.*