Jahon bojxona tashkilotining Bryussel shahridagi bosh qarorgohida 21-31-may may kunlari bo’lib o’tayotgan Uyg’unlashgan tizimning 64-sessiyasida O’zbekiston Bojxona qo’mitasi xodimlari ham ishtirok etyabdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Jahon bojxona tashkilotiga a’zo davlatlarning takliflari bo’yicha sessiyada Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga tegishli o’zgartirishlar kiritish shu jumladan, a’zo davlatlar o’rtasida bir turdagi tovarlarga ikkilamchi bo’lgan fikrlarni bir tizimga keltirish masalasi ham ko’rib chiqilmoqda.
Anjuman tartibiga ilk marotaba O’zbekiston bojxona xizmati tomonidan Jahon bojxona tashkilotiga taqdim etilgan «Energetik» ichimliklarga yangi TIF TN kod raqami ajratilish taklifi kiritilgan.
Uyg’unlashgan tizimga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflari AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy, Rossiya, Kanada, Janubiy Koreya, Yaponiya singari davlatlarda ilgari surilgan bolsa, endilikda O’zbekiston ham bu ro’yxatdan o’rin egallamoqda. Yangi O’zbekistonning bojxona xizmat faoliyati rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarilyotganimizdan darak beradi.
«Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg’unlashtirilgan tizimi to’g’risida»gi xalqaro konvensiya Bryusselda 1983-yil 14-iyunda qabul qilingan. Ma’lumot o’rnida, O’zbekiston mazkur xalqaro konvensiyaga 1998-yil 29-avgustda qo’shilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!