Jamiyat, Jinoyat

Farg‘onada avtomobildan soxta pul sochgan shaxs qamaldi

Farg‘onada avtomobildan soxta pul sochgan shaxs qamaldi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yo‘lda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs va haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib transportni boshqargan hamda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, “yo‘l harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga” nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi qarori bilan tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, soxta pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu transportni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamaldi.