Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Armanistondagi elchisi Sergey Kuperkin maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirilganini ma’lum qildi. Ushbu qarorning sababi aytilmagan.
Rossiya va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlar Qorabogʻdagi mojaro avj olganidan soʻng yomonlashgan. Yerevanning da’vo qilishicha, Moskva KXShTga a’zo bo‘lishiga qaramay, yordam bermagan.
O‘z navbatida, Rossiya Yerevanning G‘arb bilan hamkorligini chuqurlashtirishdan xavotirda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova “Armaniston Gʻarbning xavfli rejalarini amalga oshirish vositasiga aylanmoqda”, dedi.
Fevral oyida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan “mamlakatning KXShTga aʼzoligi deyarli muzlatilganini” aytgan edi. Keyinroq u, shuningdek, “kamida ikki KXShT davlatini” Armanistonga qarshi “urushga tayyorlanayotganlikda” aybladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!