Jahon

Kanada falastinliklarga beriladigan vizalar sonini besh baravar oshiradi

Kanada falastinliklarga beriladigan vizalar sonini besh baravar oshiradi

Rafah qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan ayollar va bolalarning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi ortidan Kanada migratsiya vaziri Mark Miller Kanada G‘azo sektori aholisi uchun vizalar sonini besh barobarga oshirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Yaqin kelajakda Kanadada yashovchi falastinliklarning qarindoshlariga 5000 ta viza beriladi. Viza dasturi dekabr oyida boshlangan, ammo endi uni kengaytirish rejalashtirilmoqda. “Biz G‘azoda yuz berayotgan gumanitar falokatdan qattiq xavotirdamiz.

Ko’pchilik o’z qarindoshlari haqida qayg’uradi va biz ko’rsata oladigan yordamga qiziqish bildirishdi. Kanada biz qabul qilishga tayyor bo’lgan odamlarning ismlari ro’yxatini tuzadi va ular chegarani xavfsiz kesib o’tishlarini ta’minlash uchun mahalliy hokimiyatlarga taqdim etadi.

Isroil va Misr Kanadadagi falastinliklarni oilasi bilan birlashtirishga yordam beradigan ushbu gumanitar chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi muhim hamkorlarimizdir”, dedi Miller.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Misr bilan chegaradagi Rafah chegara punkti nazoratini qo‘lga kiritgach, uning ruxsatisiz hech kim G‘azo sektorini tark eta olmaydi.