Xitoyda anʼanaviy islom meʼmoriy xususiyatlarini saqlab qolgan soʻnggi yirik masjid hukumatning masjidlarni sinxronlashtirish kampaniyasi doirasida gumbazlarini yoʻqotdi va minoralari koʻrinishini tubdan oʻzgartirdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Xitoyning eng ulug‘vor masjidlaridan biri bo‘lgan Shadian masjidi janubi-g‘arbiy Yunnan provinsiyasidagi kichik shaharchada joylashgan bo‘lib, uning nomi bilan atalgan. O‘tgan yilga qadar 21 ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan majmuada minoralar va to‘rtta kichikroq gumbazlar bilan o‘ralgan, yarim oy tasvirlangan koshinli yashil gumbazli katta bino mavjud edi.
Bu yilgi fotosuratlar, sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar va guvohlarning soʻzlariga koʻra, gumbaz olib tashlangan va oʻrniga Xitoy pagodasi uslubidagi tom oʻrnatilgan, minoralar esa qisqartirilib, pagoda minoralariga aylantirilgan.
Yana bir mashhur Yunnan masjidi, Shadiandan 100 milya uzoqlikda joylashgan Nazhiying masjidi ham yaqinda ta’mirlash vaqtida o’zining islomiy xususiyatlarini yo’qotdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!