Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni rasman tan olganidan keyin Daniya parlamenti qarama-qarshi qaror qabul qildi.
Daniya Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini zarur shartlar yo‘qligi bilan izohlab, rad etdi.
Parlament, fevral oyida Falastinni davlat sifatida tan olish uchun taqdim etilgan qonun loyihasini zarur shartlar bajarilmagani sababli rad etganini e’lon qildi.
Daniya parlamenti a’zosi Sasha Faxe shu munosabat bilan shunday dedi: “Daniyalik siyosatchilarning ko‘pchiligi Yaqin Sharqda ikki davlat yechimisiz mustahkam tinchlik bo‘lmasligiga qo‘shiladi. Shaxsan men Falastinni tan olish uning fuqarolarining huquqi ekanligiga ishonaman”.
Avvalroq hukumat Falastinni tan olmasligini aytgan tashqi ishlar vaziri Lars Løkke Rasmussen ovoz berishda qatnashmadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!