Jahon

Endilikda o‘zbekistonliklar Tailandga vizasiz kiritiladi

Endilikda o‘zbekistonliklar Tailandga vizasiz kiritiladi

Tailandga tashrif buyurishda vizaga muhtoj bo‘lmagan davlatlari ro‘yxati 57 tadan 93 taga ko‘paytirilgani ma’ lum qilindi. Tailand hukumati matbuot kotibi Chay Vacharongga ma’lumotiga asoslanib, “Bangkok Post” gazetasi xabar berdi.

Nashrga ko’ra, vizasiz kirishi mumkin bo’lgan davlatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlaridan O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari ham bor. Shuningdek, ro‘yxatdan Albaniya, Hindiston, Xitoy, Meksika, Ruminiya davlatlari ham joy olgan.

Endilikda 31 davlat fuqarolariga Tailandga kelganida viza beriladi, avval bu ro‘yxatda atigi 19 ta davlat bor edi.

Yangi qonunga ko‘ra, mamlakat chet ellik talabalarga o‘qishni tamomlagandan keyin ish topish uchun yana bir yil qirollikda yashash imkoniyatini taqdim etgan. Sayyohlar uchun maksimal qolish muddati 60 kunni tashkil qiladi.