Jahon

Isroil bilan otishmadan keyin yana bir misrlik halok bo’ldi

Isroil bilan otishmadan keyin yana bir misrlik halok bo’ldi

Kecha G’azo sektori va Misr chegarasida sodir bo’lgan otishmada ikkinchi misrlik askar halok bo’ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib Middle East Eye nashri xabar berdi. Nashr harbiy xizmatchi Islom Ibrohim Abdel Razek ismini aniqlashga muvaffaq bo’ldi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Rafah nazorat-o‘tkazish punktida isroillik qo‘shinlar bilan otishmada bir misrlik askar halok bo‘lgan, boshqalari yaralangan edi. Isroil tomonida qurbonlar yo‘q.

Chegaradagi hodisa haqidagi xabar birinchi marta dushanba kuni isroillik ommaviy axborot vositalarida ma’lum bo’ldi: avvaliga bu ma’lumot yashiringan, biroq keyinroq Isroil harbiylari tomonidan tasdiqlanib, Misr chegarasida «otishma sodir bo’lgan» va tergov boshlanganini ma’lum qilgan. davom etmoqda.

Dushanba kuni kechroq Misr armiyasi so’zlovchisi o’zaro otishmada «chegara xavfsizligi uchun mas’ul shaxs» halok bo’lganini tasdiqladi. Rasmiy tergov boshlanganini ham ma’lum qildi.

Askarlarning o’limi haqida boshqa rasmiy bayonotlar berilmagan.

Aytish kerakki, shu oy boshida G‘azoga bostirib kirishi chog‘ida isroilliklar Rafah nazorat-o‘tkazish punktini egallab olganidan so‘ng chegaradagi keskinlik keskin oshgan.