Jahon

Meksikada Isroil-Falastin urushiga qarshi namoyishchilar to’qnashuvlari boshlandi

Meksikada Isroil-Falastin urushiga qarshi namoyishchilar to’qnashuvlari boshlandi

Meksikaning Mexiko shahrida Isroil-Falastin urushiga qarshi namoyishchilar to’qnashuvlari boshlandi.

Kecha, 28-may kuni Isroil elchixonasi oldida o’tkazilgan «Rafah uchun shoshilinch harakat» namoyishiga 200 ga yaqin odam qo’shildi. Ayrim namoyishchilar diplomatik missiyaga yetib borishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni buzib tashlashga uringani uchun politsiya bilan to‘qnashuv kelib chiqdi.

Namoyishchilar yuzlarini berkitib, shaharning Lomas de Chapultepek mahallasidagi majmuaga olib boradigan yo‘llarini to‘sib qo‘ygan politsiyaga tosh otishdi.

Al-Jazeera nashrining xabar berishicha, politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Namoyish yakshanba kuni kechqurun isroilliklarning Rafah tashqarisidagi ko’chirilganlar lageriga uyushtirgan hujumi ortidan va unda 45 kishi halok bo’lganidan keyin uyushtirilgan.