Namanganda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgan.
Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11-may kuni uyiga qo‘ng‘iroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini ta’kidladi. Qolgan oila a’zolari ham marhumning o‘z joniga qasd qilishiga ishonmayapti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!