Toshkent metropoliteni vagon parkiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Bu haqda bugun, 29-may kuni Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poyezdlar 7-10 kun sinovdan o‘tkaziladi va “ Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi.
Ma’lumot uchun, vagonlar Rossiyaning “Metrovagonmash” zavodida ishlab chiqarilgan. Joriy yilda Toshkent metrosiga fevral oyida 3 ta, aprel oyida 2 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari olib kelingan.
Xabarga ko‘ra, yo‘nalishlardagi vaqt hajmini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi.
2019−2021-yillarda poytaxt metrosiga “Metrovagonmash”dan umumiy qiymati 91,3 mln yevro bo‘lgan 60 ta vagon olib kelingan. Bu 15 ta tarkibni shakllantirish va harakatlanish oraliqlarini qisqartirish imkonini bergan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!