Jahon

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab bitta ballistik raketa uchirilgan. Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi keyinroq 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketalar uchirilganiga aniqlik kiritdi.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazish bahonasida provokatsiya qilishda davom etmoqda, biroq ularni bu qadar ko‘p miqdorda uchirish odatiy hol emas.

«Harbiylar batafsil tavsiflarni, jumladan, raketa modeli va parvoz masofasini tahlil qilmoqda”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

NHK telekanalining Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib, xabar berishicha, raketalar allaqachon dengizga – Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushib ketgan.