Jahon

AQShning Yamandagi hujumi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

AQShning Yamandagi hujumi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

AQSh va Britaniya harbiy-havo kuchlarining Yamandagi husiylar nazoratidagi hududga bergan zarbasi natijasida 16 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Husiylar matbuot kotibi Muhammad Abdulsalom portlashni “Yamanga qarshi shafqatsiz bosqinchilik harakati” va G‘azo sektoridagi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun jazo sifatida baholadi.

The Newcastle Jerald nashriga intervyu bergan uch amerikalik mulozim Abdulsalomning bayonotini tasdiqlab, zarbalarni husiylarning Adan ko‘rfazi va Qizil dengizdagi harbiy va tijorat kemalariga qilgan hujumlariga javob deb atadi.

Ularning soʻzlariga koʻra, bombardimon qilishdan maqsad yer osti bunkerlari, raketa otish moslamalari va dushman qoʻmondonlik punktlarini yoʻq qilish boʻlgan.