O‘zbekiston

Prezident Buxoro viloyatining sanoat koʻrgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Prezident Buxoro viloyatining sanoat koʻrgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Koʻrgazmada isitish tizimlari uchun katta va kichik qozonlar, ogʻir va yengil sanoat uchun detallar, turli oʻlcham va quvvatdagi sovutgichlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, davlat xaridlarini tartibga solish mexanizmi namoyish etildi.

Oxirgi yetti yilda Buxoro viloyatiga qariyb 4 milliard dollarlik investitsiyalar jalb etilgan.

Ularning natijasida 90 mingta ish oʻrni va 1 milliard 800 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.

Joriy yil viloyatda 1 milliard 300 million dollarlik 607 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 14 milliard dollarlik 80 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 4 milliard dollarlik 14 tasini investorlar va tarmoq rahbarlari birgalikda taqdimot qildi.

Loyihalarga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda.
Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.