Jamiyat

Buxoroda yangi xalqaro aeroport quriladi

Buxoroda yangi xalqaro aeroport quriladi

Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar ko‘p quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu yerda haftasiga 100 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

Buxorodagi 205 ming gektar yerni sugʻorish uchun 50 ta nasos stansiya yiliga 1,5 million kilovatt-soat elektr sarflamoqda. Ular energotejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard soʻm iqtisod boʻladi.

Viloyatdagi 89 ta sanoat korxonasi davlat tashkilotlariga Kooperatsiya portali orqali mahsulot yetkazib berayotgani – bu juda kamligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, portalda Vobkentdan birorta korxona qatnashmagan, Olot va Peshkudan – 1 tadan, Jondor va Buxoro tumanidan – 2 tadan korxona ishtirok etgan.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilish, ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishi uchun katta zamin hozirlanmoqda. Lekin, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti.

Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bogʻi va sunʼiy koʻlni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

“Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Masjidi Kalon” kabi obyektlarni drenaj tizimini taʼmirlashga 35 milliard soʻm ajratiladi.

Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar koʻp quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu yerda haftasiga 100 ta reys yoʻlga qoʻyiladi.