Jahon, O‘zbekiston, Siyosat

Turk dunyosini raqamlashtirish bo’yicha takliflar o’rganildi

Turk dunyosini raqamlashtirish bo’yicha takliflar o’rganildi

2024-yil 29-30-may kunlari Istanbul shahrida Turkiy mintaqadagi ePermit loyihasi (elektron ruxsatnoma tizimi) bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (OTS) Kotibiyati hamda Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda OTSga aʼzo davlatlar va Turkmaniston transport vazirliklari mutasaddilari va IT-ekspertlari ishtirok etdi.

Tomonlar Transport kommunikatsiyalari dasturi va 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi doirasidagi so‘nggi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashdilar.

ePermit tashabbusi transport va logistikani raqamlashtirishda ilg‘or sa’y-harakatlar bo‘lib, bu tranzit vaqtlarini qisqartiradi va xarajatlarni kamaytiradi, mintaqaning raqobatbardoshligini oshiradi.

Mutaxassislar Ostona sammitida davlat rahbarlarining ko‘rsatmalariga e’tibor qaratdilar, unda prezidentlar Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida loyiha muvaffaqiyatli boshlanganidan mamnunlik bildirib, uni boshqa ishtirokchi davlatlarda ham amalga oshirishga chaqirdi.

Uchrashuvdan so‘ng tomonlar ePermit loyihasini qo‘llash Prinsiplarini, shuningdek, milliy tizimlarni integratsiyalashuvi masalalarini va loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini muhokama qildilar va tasdiqladilar.