Jahon, O‘zbekiston, Siyosat

Endilikda O’zbekiston Qatarga ishchi kuchini yetkazib beradi

Endilikda O’zbekiston Qatarga ishchi kuchini yetkazib beradi

Qatar ayni paytda tibbiyot, ta’lim, axborot texnologiyalari, sanoatni qayta ishlash, mehmondo’stlik va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda xorijiy ishchi kuchiga muhtoj ekanligini aytib o’tgan. Bu haqda mamlakat mehnat vazirligi xabar berdi.

Ma’lumot o’rnida, 2022-2023-yillarda tashkiliy tarzda 60 ming nafar o’zbekistonlik mehnat muhojiri sifatida chet elga jo’natilgan.

Shulardan 44 887 tasi Rossiyaga, 7 325 tasi Janubiy Koreyaga jo’natilgan. Ishga jo’natilgan fuqarolarning o’rtacha maoshi 2017-yilda 500 700 dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib 1200 dollarga yetgan. Shu bilan birga, Buyuk Britanya, Germanya, Isroil Yaponya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar bilan kelishuvlarga erishilgan.