Jahon

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni to‘liq to‘xtatadi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan harbiy kelishuvni to‘liq to‘xtatadi

Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi Seul va Pxenyan o‘rtasida ishonch tiklanmaguncha 2018-yilgi Koreyalararo harbiy kelishuvni to‘liq to‘xtatib turish zarurligi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.

O‘tgan yili KXDR o‘zining birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishiga javoban Janubiy Koreya Koreyalararo harbiy kelishuvning bir qator bandlarini, xususan, Harbiy chegaralash chizig‘i hududida razvedka faoliyatini tiklashni to‘xtatgan edi.

Bunga javoban Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan 2018-yilgi Harbiy kelishuvga muvofiq to‘xtatilgan barcha choralarni, jumladan, Harbiy chegaralash chizig‘i zonasiga askarlar va qurollarni joylashtirishni qayta boshlashini ma’lum qildi.