Jahon

Maldiv orollari isroilliklarni qora ro‘yxatga kiritdi

Maldiv orollari isroilliklarni qora ro‘yxatga kiritdi

Maldiv hukumati Isroil pasporti egalarining mamlakatga kirishini taqiqlash bo‘yicha fundamental qaror qabul qildi, deb yozadi Sun gazetasi. Shu tariqa, mamlakat rahbariyati G‘azo sektorida genotsidga duchor bo‘layotgan Falastin xalqi bilan birdamlik bildirdi.

Maldiv orollari ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Ixusanning so‘zlariga ko‘ra, hukumat allaqachon tegishli qonun loyihasini tayyorlab qo‘ygan, uni kechiktirmasdan qabul qilish kutilmoqda. Jarayonni imkon qadar tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi rahbari, Bosh prokuror, turizm, iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarini birlashtirgan maxsus qo‘mita tuzildi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Maldiv orollari har yili Isroildan oʻrtacha 15 ming sayyohni qabul qilgan. Bundan tashqari, Maldiv hukumati Falastinga yordam ko’rsatish masalalari bilan shug’ullanish uchun prezidentning maxsus vakilini tayinladi.

Bundan tashqari, rasmiylar “Maldivliklar Falastin bilan birdamlikda” shiori ostida umummilliy miting tashkil qilmoqda. Maldiv orollari, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosini tezlashtirish maqsadida boshqa davlatlar bilan aloqalarni faollashtirish niyatida.