O‘zbekiston, Siyosat

Toshkentda SHHT forumi XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda SHHT forumi XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 5-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti forumi XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Forum «Yangi sharoitlarda SHHTning roli: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish» mavzusiga bag‘ishlangan.

Unda dunyoning 10 ta mamlakatidan 40 dan ziyod ekspertlar,  SHHTga aʼzo mamlakatlar milliy tadqiqot markazlari vakillik delegatsiyasi, SHHTda kuzatuvchi davlatlar va tashkilotning muloqot bo‘yicha hamkorlari mutaxassislari, SHHT Kotibiyati rahbariyati va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etadi.

Tadbirda SHHT doirasidagi hamkorlik ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan asosiy sessiyalar, zamonaviy rivojlanish bosqichida SHHT samaradorligini oshirish va SHHT forumi faoliyatini takomillashtirishning kelgusi istiqbollari muhokama qilinadi.

Forum yakunida SHHTga aʼzo davlatlar tadbir kun tartibidagi masalalar bo‘yicha yondashuvlari va qarashlari aks etgan yig‘ilish bayonnomasi imzolanishi kutilmoqd