So‘nggi 1 oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 67 mlrd 825 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda may oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Bunda 39 mlrd 332 mln so‘mlik elektr energiyasi (46 mln 264 ming kilovatt⋅soat) va 28 mlrd 492 mln so‘mlik tabiiy gaz (18 mln 124 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 67 mlrd 825 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!