Jahon

Shveytsariya parlamenti Falastinni davlat sifatida tan olmaydi

Shveytsariya parlamenti Falastinni davlat sifatida tan olmaydi

Shveysariya Milliy kengashi deputatlari Falastinni davlat sifatida tan olish taklifiga qarshi ovoz berdi. Bu taklifga 131 nafar ovozdan 61 foizi qarshi ovoz berdi, deb xabar qildi parlament matbuot xizmati.

Matnda «Milliy kengash Falastinni tan olishni istamasligi va shuning uchun seshanba kuni Syurixlik Sotsial-demokratik partiya (SDP) a’zosi Fabian Molina tomonidan ovozga qo’yilgan tegishli tashabbusni rad etgani» aytiladi.

Molina «2023-yil 7-oktabrda HAMAS tomonidan o‘g‘irlab ketilgan garovga olinganlarni ozod qilish sharti bilan» Falastinni 1967-yil chegaralaridagi davlat sifatida tan olish uchun ovoz berishni taklif qildi.

Molina o‘z hamkasblariga Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya allaqachon Falastinni davlat sifatida tan olganini va tan olinishi “mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga yordam berishini” eslatdi.

Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis Yaqin Sharqda ikki davlat tamoyiliga asoslangan kelishuvni qo’llab-quvvatladi, biroq G’azo sektoridagi hozirgi urushni inobatga olgan holda, buning vaqti hali yetmaganini aytdi.

Shuningdek, u Shveytsariya konstitutsiyasiga ko‘ra, xalqaro masalalar uchun parlament emas, mamlakat hukumati mas’ul ekanini aytdi.