Oliy o‘quv yurtlariga qabulning yangi tizimiga ko‘ra, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi va test fanlarini tanlashi, shundan so‘ng o‘qish yo‘nalishi va shakllari to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyungacha interaktiv xizmatlar portalidagi «Oliy va kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish» bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o’tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmalarini joylashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqlagan edi.