Ilm-fan, Madaniyat

O‘zbekistonda xalqaro mukofotlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda xalqaro mukofotlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogohiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 4-iyunda imzolagan qaroriga binoan, O‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama rivojlantirish, mohir tarjimonlarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekistonda Muhammad Rizo Ogohiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi.

Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida (hozirda 102mln) bir martalik pul mukofoti beriladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

  • o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
  • xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

1-oktabrga qadar mukofotning rasmiy veb saytini yaratish topshirildi. Yozuvchilar uyushmasi mukofot kengashining ishchi organi hisoblanadi.