Jahon, O‘zbekiston, Siyosat

Saida Mirziyoyeva: Islohotlar yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz

Saida Mirziyoyeva: Islohotlar yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz

Bugun, 5-iyun kuni Toshkent shahrida Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning aytishicha, tadbirda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi dadil qadamlari yana bir bor namoyish etildi.

“Iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga bel bog‘laganmiz, chunki mamlakatimiz taraqqiyotining maqsadi ham shu.

Bu maqsadlarga faqat yaxshi investitsiyalar va global qiymat zanjirlari orqali erishish mumkin.

Saida Mirziyoyeva JST rahbariyatining bunday qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi tahsinga loyiq, dedi.

Prezident yordamchisi Toshkentga tashrif buyurgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan ham uchrashdi.