Jahon

Yozgi Olimpiya o‘yinlari sabab Parijdan boshpanasizlar chiqarib yuborilmoqda

Yozgi Olimpiya o‘yinlari sabab Parijdan boshpanasizlar chiqarib yuborilmoqda

Parijda minglab uysizlar boshpanasiz qoldi. 2024-yilgi yozgi olimpiya o‘yinlari sabab shu paytgacha Parijdan 12 mingdan ortiq uysiz aholi chiqarib yuborilgan. Bu haqda “ The Guardian” nashri xabar berdi.

Bu holat 2023- yil bahorida boshlangan. O‘sha paytdan boshlab Parijda chodirli shaharchalarda istiqomat qiluvchi 12 545 kishi rasmiylar tomonidan majburan ko‘chirilgan.

Uysizlarni ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotning bayonotiga ko‘ra, boshpanasizlar muammosini hal qilish uchun kamida 20 ming uy zarurligini aytmoqda.

Ma’lumot uchun, Parij shahrida 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Bu tarixdagi XXXIII yozgi Olimpiada hisoblanadi.