Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan, parlamentlarning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan taʼminlashi masalalariga eʼtibor qaratildi.
2022-yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasi, yaʼni “yo‘l xaritasi” ijrosi to‘liq taʼminlangani alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ushbu hujjat parlament aʼzolari o‘rtasida tashrif almashish orqali o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish, qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, undan ilm-fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, turizm, ekologiya, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ham o‘rin olgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!