Sport

O‘zbekistonda “Uzchess Cup” turniri boshlandi

O‘zbekistonda “Uzchess Cup” turniri boshlandi

O‘zbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shahmatchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro shaxmat musobaqasi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimi Yoshlar ishlar agentligi, Shakespear majmuasida o‘tkazildi. Musobaqa Aloqabank va Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Aloqabank rasmiy ambassadori Nodirbek Abdusattorov hisoblanadi. “Uzchess Cup” xalqaro shaxmat musobaqasi mukofot jamg‘armasi— 166 000 AQSH dollar etib belgilangan.

Musobaqa o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turiga qiziqishni yanada oshirish, xalqaro sport musobaqalarga ommaviy jab qilish, O‘zbekistonda shaxmatchilarning bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash, xavaskorlar va yosh shaxmatchilarning malakalarini oshirishdan iborat.

Turnir uchta guruhda:

“Masters” guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;

“Challengers” guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;

“Futures‟ guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.