Suriya inson huquqlari observatoriyasining maʼlum qilishicha, zarbada 61 kishi halok bo‘lgan. Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, ulardan 33 nafari qurolli tuzilmalarga, jumladan, 4 nafari “Hizbulloh” bilan aloqador, 22 nafari Suriya fuqarosi emas va 2 nafar jasadning shaxsi aniqlanmagan.
“Dushman Isroil al-Tanfdan havo hujumini uyushtirdi va Palmiradagi bir qator binolarga zarba berdi. 36 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi, katta moddiy zarar yetkazildi”, — deyiladi Suriya Mudofaa vazirligi xabarida.
Bu Isroilning Livanga tajovuzi boshlanganidan beri Suriyaga qilingan eng qonli zarba bo‘ldi.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi “Sionizmning mintaqa davlatlari va xalqlariga qarshi davom etayotgan jinoyatlarini aks ettiruvchi Palmiraga qilingan shafqatsiz hujumni” qoraladi.
Qadimiy Palmira shahri YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Isroilning so‘nggi zarbalaridan so‘ng Suriya qadimiy obidalar va muzeylar boshqarmasi bosh direktori tarixiy obidalarga zarar yetganligini aniqlash uchun zarbalar berilgan joyda tekshiruv o‘tkazish zarurligini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!