Ayrim ijtimoiy tarmoq kanallari va elektron nashrlarda Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa-da, sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan sud jarayonini video va audioyozuvga olish cheklanishi muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu xabar yuzasidan Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha oldingi sud majlisi lavhalari turli xil talqinlarda bir qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingani, buning natijasida jamoatchilikda noto‘g‘ri tushunchalar shakllanishi bilan birga, sudga nisbatan ijtimoiy bosim o’tkazish imkoniyatini yaratadi.
Shundan kelib chiqib, rais tomonidan zarur protsessual choralar ko‘rishi mutlaqo tabiiy deb qaraladi va Qonunan to’g’ri yo’l tutilgan (O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 408-moddasi). Bundan tashqari, bu tartib xalqaro amaliyotda tez-tez kuzatiladi.
Biroq sudning ushbu qarori jurnalist va blogerlarning sud majlisida ishtirok etishini qat`iyan man etmaydi. Ya’ni, ularning jarayonni bevosita kuzatishi, o‘zlari uchun kerakli qaydlarni olib borishlari, turli bashorat va taxminlarga berilmasdan ma’lumotlarni e’lon qilishlari uchun hech qanday to‘siq yo‘q.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!