Jahon, Madaniyat, O‘zbekiston

O‘zbekistonda media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

O‘zbekistonda media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Media News concept

O‘zbekistonda media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

Prezident tomonidan “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) O‘zbekistonning qo‘shilishi haqida”gi qonun imzolandi.

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga o‘z huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgan.

Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

O‘zbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan bo‘lsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni taʼminlaydi;

O‘zbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qo‘llamaydi.

Konvensiyaga qo‘shilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston obro‘sining oshishiga ko‘maklashadi.